FERMI ENERGIYASI
FERMI ENERGIYASI, Fermi sathi — fermionlar (Fermi — Dirak statistikasiga bo’ysunuvchi zarralar) tizimidagi egallangan holatlarning mutlaq nol tralardan eng yuqori energiyasi. Fermi energiyasi Pauli printsipi (bir holatda bittadan ortiq fermion bo’la olmasligi)ning natijasidir. Noldan farkli, lekin Fermi energiyasidan ancha past trada fermionlar tizimining holati asosiy holatdan shu bilan farqlanadiki, bunda energiyasi Fermi energiyasidan katta bo’lgan holatlarda ham ko’p bo’lmagan sondagi zarralar bo’ladi, energiyasi Fermi energiyasidan kichik bo’lgan holatlarda xuddi shu sondagi bo’sh o’rin (kovak) lar bo’ladi. Fermi energiyasi tushunchasidan qattiq jism fizikasida, yadro fizikasida, astrofizika va hokazolarlarda foydalaniladi.