FIDEIZM

FIDEIZM (lotincha fides — e’tiqod) — e’tiqod aql-idrokdan ustun turadi, deb ta’kidlovchi dunyoqarash. Teistik dinlarga xos. Fideizm tarafdorlari fan faqat hodisalar, dalillarning ikkilamchi (fizik) sabablarini ochadi, u birlamchi (g’ayritabiiy) sabablarni ochib berishga, borliqni tushuntirishga qodir emas deb, fan va ilmiy bilishni cheklaydi, faqat din olamning mavjudligini chinakam izoxlab beradi, deb hisoblaydi. “Fideizm” so’zining qo’shimcha salbiy ma’nosi ham bor bo’lib, aql-idrokni ishlatishdan voz kechishni anglatadi.