FAZLULLOH IBN RO’ZBEHON
FAZLULLOH IBN RO’ZBEHON, Ro’zbehon Isfahoniy [1457, Janubiy Fors (Loriston)ning Hunji qishlog’i, Sheroz yaqinida — 1521.13.4, Buxoro] — tarixchi olim, faqih va shoir. Otasi — Jamoliddin Ro’zbeqon yirik ilohiyot va fiqh olimi, Sardorlar tabaqasidan bo’lgan. Fazlulloh ibn ro’zbehon Sheroz va Isfahon madrasalarida tahsil olgan. Hijoz va Makka (1474), Madina, Misr (1482) ga borib ilm olgan. Oq qo’yunlilar vakili Sulton Ya’qub uni Tabrizga chaqirib, saroyda yuqori lavozimni topshirgan. — Sulton Abulfath Mirzo Boysung’ur, temuriylaraan Sulton Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Buxoro hokimi Ubaydullaxon saroylarida yuqori lavozimlarda xizmat qilgan. Umrining qolgan qismini Buxoro va Karmanada o’tkazgan. Fazlulloh ibn ro’zbehon “Tarixi olamoroyi Aminiy” (1490) asarida Sulton Ya’qub va boshqalar oq qo’yunlilar haqida, temuriy Shahzoda Xalil Sultonning ularga karshi olib borgan kurashlari to’g’risida muhim ma’lumotlarni keltirgan. “Suluk almuluk” (1514) asari Buxoro hokimi Sulton Ubaydullaxonga bag’ishlangan bo’lib, unda shariat yo’l-yo’riqlari asosida davlatni idora qilish masalalariga to’xtab o’tilgan. Fazlulloh ibn ro’zbehon “Mehmonnomayi Buxoro” nomli yirik tarixiy asarida (1509). Turkistonning 15-asr 2-yarmi — 16-asr boshlariga oid tarixi bayon qilingan bo’lib, u muqaddima, 59 bob va xotimadan iborat. Shayboniyxonning 1508-09 yil qish mavsumida qozoq sultonlari Janish Sulton va uning o’g’li Ahmad Sulton, shuningdek, Burunduqxon ustiga qilgan harbiy yurishi, o’zbek va qozoq xonlarining kelib chiqish tarixi, Movarounnahr, Dashti Qipchoq va qozoq ulusining jug’rofiy holati, o’zbek va qozoqlarning kelib chiqishi, etnik tarkibi, urf-odati va an’analari asarda o’z aksini topgan. As: Mixmannameyi Buxara, M., 1976; Tarixi alamarayi amini, Boku, 1987. Ad.: Abdullaev I., Hikmatullaev H., Samarqandlik olimlar, T., 1969; Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993; Xoja Abduxoliq G’ijduvoniy, T., 2003. Qahramon Rajabov.