G’IJDUVON TUMANI

G’IJDUVON TUMANI – Buxoro viloyatidagi tuman. Viloyatning shimoliy-sharqiy chekkasida joylashgan. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. 1935 — 38 yillarda Akmal Ikromov tumani nomi bilan yuritilgan. Shimoliy. Sharq va Janubiy- sharqdan Navoiy viloyatining Konimex, Karmapa. Janubdan Vobkent, g’arbdan Shofirkon tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3,94 ming kilometr;. Aholisi 239 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (G’ijduvon). 1 shaharcha (Zafarobod), 14 qishloq fuqarolari yig’ini (Armechan. Buk-taroy. G’ovshun, Zarangari. Ko’kcha. Poza1ari. Rayonobod, Soktari. Sarvari. Sarmijon, Ulfatbibi. Fayzul.ta Yupusov. Firishkent. Qoraxoni) bor. Markazi — G’ijduvon shahri. Tabiati. Tuman hududinnng yer yuzasi g’arbga pasayib boruvchi tekislikdan iborat. Shimoliy katta qismini Qizilkum cho’li egallagan. Shim va shimoli-sharqida Qoratog ‘tizmasinmng g’arbiy chekkalari joylashgan. Sho’r-ko’l suv ombori atrofi to’lqinsimon plato qirlardan, Zafarobod shaharchasi chekkalari emirilgan past tog’lardan iborat. Eng balanl joilari 485-505 metr (Ko’kcha tog’ida). G’ijduvon shahri atrofida balandligi 240-248 metr. G’ijduvon tumanining shimoliy-g’arbiy qismida joylashgan Oyoqog’itma berk botig’ining nisbiy chuqurligi 133 metr bo’lib, uning Markaziy qismi tashlama suvlardan hosil bo’lgan Oyoqog’itma ko’lidan iborat. Iqlimi subtropik belgilarga ega bo’lgan keskin kontinental cho’l iqlimi. Yanvarning o’rtacha temperaturasi 0°, — g, iyulniki 26-28°. Eng past temperatura -25° (1969, 1984), eng yuqori temperatura 45° (qumliklardagi ochiq joylarda 60-70°). Yiliga 130-150 millimetr yog’in tushadi (asosan, qish va bahor oylarida yog’adi). Yozi quruq va uzoq davom etadi. Vegetatsiya davri 200-210 kun. Tuman Zarafshon daryosidan chiqarilgan Sultonobod, Jilvon, qalqonrud, Pirmast ariqlari, Amu-Buxoro mashina kanali sistemasidagi tarmoqlar orqali suv bilan ta’minlanadi. Sho’rko’l kanali o’tkazilishi tufayli Qutchi, Jilvon mavzelarida yangi yerlar o’zlashtirildi. Tuprog’i sug’oriladigan yerlarda o’tloqi-voha va taqirli voha tuproqlar. Cho’l zonasida esa sur-qo’ng’ir, cho’lqumli, taqirsimon sho’rxok tuproqlar tarqalgan. Orasida taqir tuproqlar va taqirlar ham uchraydi. O’simlik va hayvonot dunyosi voha va cho’l zonasiga xos. Cho’lda Iloq, arpagon, yaltirbosh, cherkez, karrak, oqpechak, shuvoq, selin, sassikkovrak, achchiq-miya, sho’ra, partak, singren, qo’ng’irbosh, donasho’r, oq jangal, yulg’un, Qandim, qora saksovul; suvga yaqin yerlarda qamish, qo’g’a, bo’yra qamish (eriantus), yulg’un ko’p. Yovvoyi hayvonlardan jayran, qarsoq tulki, chiyabo’ri, tolay quyoni; yumronqoziq va boshqalar; sudralib yuruvchilardan bo’g’ma ilon, ko’lbor ilon (gyurza), echkemar, kaltakesak, Agama, toshbaqa, dasht tipratikani; qushlardan qora kaptar, tuvaloq, kaklik, Zarafshon qirg’ovuli, burgut, qora bovur, oq bovur, bizg’aldoq uchraydi. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuningdek, tojik, rus, qozoq, Ukrain, tatar, boshqird, turkman, arman, Ozarbayjon, Belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Ahrlining o’rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 60,8 kishi. Shahar aholisi 43,6 ming kishi, qishloq aholisi 195,4 ming kishi (2005). Xo’jaligi. Tumanda paxta tozalash, pivo va yaxna ichimliklar, meva-sabzavot konserva zavodlari, “Buxoroteks” to’qimachilik korxonasi, avtokorxonalar, qurilish tashkilotlari, MTP, gilam to’qish, poyabzal fabrikalari, milliy kulolchilik, qandolatpazlik, non tsexlari, dehqon bozori, madaniy, savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari mavjud. Tumanda hunarmandchilik (beshiksozlik, kulolchilik, temirchilik, kashtachilik, zargarlik, kulchapazlik, holvapazlik va boshqalar) qadimdan rivojlangan. Qishloq xo’jaligida paxtachilik va g’allachilik asosiy o’rin tutadi, chorvachilik, sabzavotchilik tarmoqdari ham muhimdir. Sug’oriladigan 22,1 ming gektar yerning 10,8 ming gektariga paxta, 7,2 ming gektariga don, 3,1 ming gektariga yem-xashak ekinlari, shuningdek, kartoshka, sabzavot ham ekiladi. G’ijduvon o’rmon xo’jaligi (maydoni 28,5 ming gektar) tashkil qilingan (1980 yildan). U G’ijduvon, Mingchinor, Sho’rko’l, O’rtacho’l bo’limlaridan iborat: 2,2 ming gektari o’rmonzor, 27 gektari mevali bog’, Bodomzor, 12 gektari tokzor, 41 gektari plantatsiya. Qolgan yerlari — yaylov. Shirkat, dehqon, fermer xo’jaliklari bor. Tuman jamoa va shaxsiy xo’jaliklarida 2,2 ming qoramol (shu jumladan, 741 sigir), 3,5 mingdan ziyod qo’y va echki, 13,6 ming parranda boqiladi (2004). G’ijduvon tumanida 66 umumiy ta’lim maktabi, litsey, 5 kasb-hunar kolleji va o’quv muassasalari faoliyat ko’rsatadi. Tuman Markaziy kutubxonasi va uning 55 ta tarmog’i (345,4 ming nusxa asar), 21 klub muassasasi, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bog’i, muzeylar bor. 35 sport inshooti (shu jumladan, 5 stadion, 2 sport saroyi, tennis korti, sport zallari sport maydonchalari va boshqalar) mavjud. 3 kasalxona, 2 poliklinika, stomatologiya poliklinikasi, 4 hududiy poliklinika, qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 50 qishloq vrachlik punkti, 15 feldsher-akusherlik punkti, 2 dispanser, ayollar konsultatsiyasi, dorixonalar, 2 sog’lomlashtirish maskani aholiga xizmat ko’rsatadi. Toshkent—Buxoro—Turkmanobod xalqaro avtomobil yo’li, Buxoro— Toshkent temir yo’l tuman hududidan o’tgan. Tuman markazidan Buxoro va viloyatning boshqa shaharlariga avtobuslar qatnaydi. G’ijduvon tumanida Abduxoliq G’ijduvoniy masjidi va maqbarasi (12-asr), Ulug’bek madrasasi (1432-33), Toshmasjid va Dehqonobod xonaqosi (15-16-asrlar), Xoja Soktari masjidi (17-asr), Chorsu masjidi va boshqa qadimiy me’moriy yodgorliklar saqlanib qolgan. 1931 yildan “G’ijduvon hayoti” gazetasi chop etiladi. Isroil Nazarov, Xudoynazar Toshev.