KO’HNA URGANCH

KO’HNA URGANCH – Turkmanistonning Toshhovuz viloyatidagi shahar (1986 yildan). Ko’hna Urganch tumanining ma’muriy markazi. Xo’jayli temir yo’l stantsiyasidan 35 kilometr, Toshhovuz shahridan 105 kilometr shimoli- g’arbda. Aholisi 31,4 ming kishi (2000). Ko’hna Urganchda paxta tozalash, sut, yog’-ekstraktsiya zavodlari, Toshhovuz gilam fabrikasining Filiali, aloqa bo’limi, savdo, maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari ishlab turibdi. 7 umumiy ta’lim maktablari, musiqa, bolalar sport maktabi, sog’lomlashtirish majmuasi, kutubxona, madaniyat uyi, kasalxona, sil kasalliklari dispanseri mavjud. Ko’hna Urganch 10— 14-asrlarda Xorazm davlatining poytaxti bo’lib, Xorazm va Movarounnahrda eng katta shaharlardan biri edi. Asl nomi Gurganj, Arab Geograflari asarlarida Jurjoniya deb tilga olinadi. Miloddan avvalgi 1-asr Xitoy yilnomasida Yuegan yoki Yue-Szyan sha klida qayd qilingan. 10-asrning 2-yarmida markazi Gurganjda bo’lgan mustaqil amirlik vujudga kelib, u Kot shahridagi Xorazmshohlar bilan raqobat qila boshladi. 995 yilda Gurganj amiri Ma’mun ibn Muhammad Kotdagi Xorazmshoxlar sulolasini tugatib, o’zini Xorazmshoh deb e’lon qildi (995-997). O’sha vaqtdan Gurganj Xorazm davlatining yagona poytaxti bo’lib qoldi va 11 — 12-asrlarda bu yerda madaniyat va san’at ravnaq topdi. O’sha davrda shahar mustahkam qal’a devorlari bilan o’rab olindi. Ba’zi shahar darvozalarining nomlari tarixiy qo’lyozma asarlarda ko’rsatib o’tilgan, bo’lar: Xajjaj, Kobilon. 1221 yilda chin- gizxon qo’shinlari shaharni 6 oy qamal qilib ololmagach, Amudaryoni to’sib turgan to’g’onni buzib, shaharni suvga bostirdi. Mo’g’ullar barcha hunarmandlarni ajratib olib Mo’g’ulistonga haydab olib ketdilar, qolgan aholini qirib tashladilar. 14-asrning boshlarida Oltin O’rda ta’sirida bo’lgan shaharda binokorlik ishlari jonlandi. 1333 yilda Gurganjga kelgan mashhur Arab sayyohi Ibn Battuta buning guvohi bo’lgan. 15-16-asrlarda shaharning madaniy va iqtisodiy rivojlanishida bir oz turg’unlik ro’y beradi. 1646 yilda Xiva xoni Abulg’oziy Bahodirxon (1643— 1664) hozirgi Urganch shahriga asos soldi. Shundan keyin qadimgi shaharning nomi ko’hna Urganch bo’lib qoldi. Xiva xoni Muhammad Aminxon (1846-55) Ko’hna Urganchda bo’lib Xorazm poytaxtini o’sha yerga ko’chirishga qaror qildi. Lekin, uning 1855 yilda Saraxsda turkmanlar bilan bo’lgan jangdagi fojia li o’limi bu ishga barham berdi. 1920-yillarda Ko’hna Urganch Turkmaniston tarkibiga kiritildi. Shaharning qadimgi qismi 1985 yilda davlag tarixiy-madaniy muzey-qo’riqxonasi deb e’lon qilindi. Ko’hna Urganchdagi bir necha me’moriy yodgorliklar YUNESKO tashkilotining ro’yxatiga olindi. Shaharda o’lkashunoslik muzeyi faoliyat ko’rsatadi. Shaharning turistik infrastrukturasini vujudga kel tirish, arxeologik qazishmalar, tarixiy yodgorliklarni konservatsiya qilish va ta’mirlash ishlarini faollashtirish maqsadida 1997 yilda Turkmaniston hukumati nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda “ko’hna Urganchning madaniy sferasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga kirishdi. Ko’hna Urganchda 12— 14-asrlar me’moriy yodgorliklaridan el Arslon, Takash, To’rabekxonim, Najmiddin Kubro maqbaralari, qutlug’ Temur (jome masjidi) minorasi hamda karvonsaroy qoldiqlari, 16-asr yodgorliklaridan Sulton Ali maqbarasi, 20-asr boshidagi yodgorliklaridan Toshmasjid madrasasi va boshqalar saqlangan. Ko’hna Urganchning eng qadimgi qismi hisoblangan Qirqmulla tepaligida 1989-92 yillarda olib borilgan arxe ologik qazishmalar natijasida u miloddan avvalgi 5-4-asrlarda vujudga kelganligi aniqlandi. Tarixda Ko’hna Urganch (Gurganj) o’sha yerda yashab, ijod etgan va faoliyat ko’rsatgan mashxur kishilar (Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Ma’mun akademiyasining buyuk olimlari Beruniy, Ibn Sino, Abu Saxl Masihiy, Abul Hayr Hammor va boshqalar) bilan dunyoga tanilgan. Ad.: Gulyamov Ya.G., Istoriya orosheniya Xorezma, 1957; Tolstov S. P., Raboti Xorezmskoy ekspedisii 1949-1953 gg. TXAEE, t.2 M., 1958; Bartold V.V., Sochineniya,t. 3. M., 1965; Buniyatov 3. M., Gosudarstvo Xorezmshaxov-anushtegini- dov, M., 1986; Yusupov X., Tri Fakta iz istorii Kyoneurgencha, Izvestiya an tur- kmenistana, Seriya gumanitarnix vaUK №2, 1992; Yusupov X., Serdtse drevnego Xorezma, Ashxabad, 1993; Nurjonov K., Ko’hna va yangi Urganch, Urganch, 1993; Xalimov N., Pamyatniki Urgencha, Ashxa- Bad, 1991; Mamedov M. A., Muradov R. G., Srednevekovie pismennie istochniki o Drevnem Urgenche, Ashxabad, 2000.