KAMENSK-URALSKIY

KAMENSK-URALSKIY – Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyatidagi shahar (1935 yildan). Kamenka daryosi Iset daryosiga quyilish yerida. Temir yo’l tuguni. Aholisi 198 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Alyuminiy, quvur, elektromexanika zavodlari bor. Rangli metallurgiya uchun jihozlar ishlab chiqariladi. Yengil sanoat korxonalari, Krasnogorsk issiqlik elektr markazi, teatr, o’lkashunoslik muzeyi bor. Kamensk-Uralskiy 17-asr oxirida vujudga kelgan.