KAMAKURA

KAMAKURA — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu orolida. Aholisi 170,3 ming kishi (1990-yillar oxiri). Kino sanoati rivojlangan. Mashinasozlik sanoati korxonalari mavjud. Badiiy buyumlar ishlab chiqariladi. Kamakura — shahar-muzey. 12-asrda qadimgi Yaponiya poytaxti o’rnida vujudga kelgan. 1333 yilgacha “Kamakura davri” harbiy hukmdorlari poytaxti bo’lgan. Buddaviylar ziyorat markazlaridan. Milliy boyliklar muzeyi va boshqa muzeylar bor. Shaharda Buddaning yirik bronza haykali (13-asr) saqlangan. Dengizbo’yi kurorti, turizm rivojlangan.