FRANK ILYA MIXAYLOVICH

FRANK ILYA MIXAYLOVICH (1908— 1990) — rus fizigi, akademik (1968), Moskva universitetini tugatgan (1930). Davlat optika institutida (1930-34), SSSR Fanlar Akademiyasi Fizika institutida (1934-1970) ishlagan. Neytron fizikasi laboratoriya mudiri (1957 yildan, Dubna), Yadro tekshirishlar instituti laboratoriya mudiri (1971 yildan). Moskva universiteti professor (1940 yildan). Ilmiy ishlari fizik optika, neytron va past energiyali yadro fizikasi sohasiga oid. Vavilov — Cherenkov nurlanishi nazariyasini (I. E. Tamp bilan hamkorlikda) ishlab chiqdan. Yadro reaktsiyalari ustida qator eksperimental va nazariy ishlar qilgan. Nobel mukofoti laureati (1958; hamkorlikda).