IVANOV ALEKSEY NIKOLAYEVICH
IVANOV ALEKSEY NIKOLAYEVICH (1905.1.8, Ulyanovsk – 1987.24.5, Toshkent) — haykaltarosh, O’zbekiston xalq rassomi (1955). Samara badiiy texnika ustaxonasida ishlagan (1919— 20). 1929 yildan Samarqandda, keyinroq Toshkentga kelib, ijodiy ish bilan shug’ullangan. Ilk asari — “kitob ushlagan o’zbek qizi” (1937). Asarlarini asosan gipsda ishlagan: “Shaxtyor” (1947), “zveno boshlig’i” (1953), “M. Turg’unboyeva” (1955), “Ibn Sino” (1956) va boshqa haykallari, mehnat Qahramonlari (M. Ubaydullayeva, O. Yo’ldosheva, N. Niyozov, H. Tursunqulov va boshqalar) portretlari ustida ishlagan; 50-60- yillarda mehnat ahli aks etgan haykallar (“Po’lat quyuvchi”, “cho’pon”, “payvandchi qiz” va boshqalar), H. Olimjon byusti (bronza, 1958) ni yaratdi.