SAVANNA ZONALARI
SAVANNA ZONALARI asosan, Subekvatorial, kamroq tropik va subtropik mintaqalarda joylashgan tabiat zonalari. Iqlimi mavsumiy sernam, qurg’oqchil va yomg’irli mavsumlari aniq ajralib turadi. Yomg’irli davr ekvator tomonga uzayib borib 8-9 oygacha yetadi. Yog’in miqdori 250 millimetrdan 2000 millimetrgacha. Daryolarda suv miqdori fasllarga qarab keskin o’zgaradi. Tuproqlari qizilqo’ng’ir, qizil tuproq. O’simliklar qurg’oqchil buta va o’t o’simliklaridan sernam joylarda bo’liq o’tli o’rmonlargacha o’zgaradi. Savanna zonalarida yirik o’txo’r hayvonlar (antilopa, jirafa, begemot, zebra, fil va boshqalar), yirtqichlar va turli qushlar yashaydi. Ko’p yerlar inson tomonidan o’zgartirib yuborilgan. Haydaladigan yerlarda paxta, yer yong’oq, shakarqamish va boshqalar ekiladi.