SALTA

SALTA — Argentinaning shimoliy qismidagi shahar. Salta provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 462 ming kishi (2001). Transport yo’llari tuguni. Qishloq xo’jalik rayonining (shakarqamish, tamaki, sholi) savdo markazi. Oziqovqat, yengil, neftni qayta ishlash korxonalari, universitet bor. Shaharga 1582 yilda asos solingan. Me’moriy yodgorliklardan 17— 18-asrlarda qurilgan cherkov, monastir va soborlar saqlangan.