IBROHIMOV MIRZA AJDAR O’G’LI
IBROHIMOV MIRZA AJDAR O’G’LI [1911.15(28).10, Sarob viloyati] — Ozarbayjon xalq yozuvchisi (1961), jamoat arbobi. Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi akademik (1945). “Hayot” dramasida (1935) Ozarbayjon qishloqlaridagi o’zgarishlar tasvirlangan bo’lsa, “Madrid” dramasi (1938) ispan xalqining fashizmga qarshi kurashiga bag’ishlangan. “Muhabbat” (1942), “Qishloq qizi” (1962), “yaxshi odam” (1965) dramalari zamonaviy mavzuda. “Shunday kun keladi” romani (1948) da Eron xalqining istibdodga qarshi kurashi o’z ifodasini topgan. “Buyuk tayanch” (1957), “parvona” (1969-70), “Yangi davr” (1970) romanlari, qissa va adabiy-tanqidiy maqolalar muallifi. O’zbekiston haqida ocherk (“zangori osmon”) va maqolalar yozgan. Asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: shunday kun keladi, T., 1956; Buyuk tayanch, T., 1964; bo’ron qushi, T., 1971; Parvona, T., 1979.