IDIL
IDIL, Itil— 8— 10-asrlarda Xazar xoqonligining poytaxti. Hozirgi Astraxon shahridan yuqorida, Idil (Volga) daryosining har ikkala qirg’og’ida va kichik orolda joylashgan. Idilda xazarlar, turklar, slavyanlar, yahudiylar yashagan. Aholisi chorvachilik, dehqonchilik, baliqchilik, hunarmandchilik va savdo bilan shug’ullangan. Idilda xoqon saroyi, ibodatxonalar, maktablar, hammomlar va bozorlar bo’lgan. Turar joylari chaylalar, kigiz o’tovlar va yerto’lalardan iborat bo’lgan. 965 yilda Kiyev knyazi svyatoslav I Igorevich tomonidan vayronaga aylantirilgan.