INDONEZLAR
INDONEZLAR — Indoneziyaning aholisi; tili, madaniyati va turmushi jixatdan qardosh xalqlardan tashkil topgan. Mamlakat aholisining 96% ni indonez tilida so’zlashuvchi Indonezlar tashkil qiladi. Dindorlari — asosan, Musulmonlar. Keng ma’noda “Indonezlar” istilohi Indoneziyaning barcha fuqarolarini anglatadi. Mamlakatdagi xalqlarning umumiy soni — 230 millionga yaqin. Ular orasida yavanlar, sundanlar, madurlar, malayyalar, rejang-lamponglar, minangka-baular, bataklar, achinlar, makassarlar, dayaklar va boshqalar bor. 16-asrda Indonezlar Portugaliya mustamlaka zulmi ostiga tushib qolganlar, keyinchalik Gollandiyaga qaram bo’lganlar. 19-asr oxiri — 20-asrda hozirgi Millatlar shakllana boshlangan. Indonezlar madaniyati rang-barangligi bilan ajralib turadi, shu bilan birga ham genetik, ham ko’p asrlik ichki va tashqi aloqalar natijasida ko’pgina umumiy xususiyatlarga ham ega.