SAIDMURODOV JONMUROD

SAIDMURODOV JONMUROD (1939. 12.1, Termiz tumani) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchisi (2002). Qarshi pedagogika institutini tugatgan (1965). 1965 yildan Termiz shahridagi 2-maktabda biol. o’qituvchisi, maktab direktori o’rinbosari, 1973 yildan 12 maktabda biologiya o’qituvchisi. U jihozlagan zamonaviy biologiya kabineti viloyatdagi eng yaxshi kabinet hisoblanadi.