YAKOR
YAKOR (ruscha) — 1) kemalar va boshqalar suzish vositalari (mayoq, bochka, zemsnaryad va boshqalar)ni ochiq suvda tutib turish uchun mo’ljallangan qurilma; 2)elektr mashinaning aylanuvchi qismi. U aylanganda elektr chulg’amlarida elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) hosil bo’ladi (induktsiyalanadi). Elektrotexnika po’lati listlaridan yig’ib tayyorlangan magnit o’zakdan iborat. Po’lat listlar lok yoki qog’oz bilan bir-biridan izolyatsiyalab qo’yiladi. O’zakdagi o’yiqlarga sim chulg’ami joylashtiriladi. Chulg’am kollektor plastinkalariga, ular yordamida cho’tkalar orqali tashqi zanjirga ulanadi.