YAKOVLEV ALEKSANDR SERGEYEVICH
YAKOVLEV ALEKSANDR SERGEYEVICH (1906.19.3 Moskva 1989.22.8) rus aviakonstruktori, akademik (1976), muhandislik xizmati generalpolkovnigi (1946), 2 marta mehnat qahramoni (1940, 1957). Moskvadagi N.E. Jukovskiy nomidagi Harbiyhavo muhandislik akademiyasini tugatgan (1931). Harbiy zavodda muhandis va shu zavodda yengil aviatsiya konstruktorlik byurosini tashkil qilgan (1932), konstruktor (1935 yildan), Bosh konstruktor (1957 yildan). Aviamodelchilik, planyorchilik va sport aviatsiyasi asoschilaridan biri. Yakovlev harbiy, yo’lovchi va o’quvsport samolyotlarini loyihalash bo’yicha maktab yaratgan. Samolyot (YAK1, YAK9, YAK7 va boshqalar), vertolyotlar (masalan, YAK24) yaratgan. Yakovlev Rahbarligida 1945 yilda birinchi reaktiv qiruvchi samolyotlar YAK15, yak 17 va YAK23 yaratildi. U yaratgan yo’lovchilar reaktiv samolyotlari YAK40 va YAK42 mahalliy liniyalarda foydalanish uchun qulay. Uning sport samolyotlari YAK18 P, YAK18 PM va yak 50 da jami 45 ta jahon rekordi o’rnatilgan.