YANGIQAL’A QABRISTONI

YANGIQAL’A QABRISTONI — miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmiga oid qadimiy qabriston. Ashxobod viloyatining Go’ktepa tumanidagi Yangiqal’a qishlog’ida. Qabristonni Yangiqal’a maktab o’quvchilari (1951 yil) topgan, arxeolog A.F.Ganyalin tekshirgan. Oltita erkak va bitta ayol qabri ochilgan. Jasadlar chap yonboshi bilan g’ujanak qilib dafn etilgan. Jasadning bosh yoki oyoq tomoniga loydan tayyorlangan idishlar qo’yilgan. Qabrlardan hammasi bo’lib loydan ishlangan 17 ta turli shakl va hajmdagi idish, shuningdek, jez uzuk, to’g’nog’ich, munchoq va boshqalar taqinchoqlar, ayollarning loydan ishlangan haykalchalari topilgan.