YAXOB

YAXOB — tuproqda nam zaxirasini hosil qilish va ekinning unib chiqishi va normal rivojlanishi uchun sharoit yaratish maqsadida haydalma yerlarga, bog’lar va tokzorlarga qish, erta bahorda suv berish. Yog’in miqdori yetarli bo’lmagan (yiliga 250 millimetrdan kam) rayonlarda qo’llaniladi. Yaxob grunt suvlari 3 metrdan chuqur joylashgan avtomorf tuproqlarda yaxshiroq samara beradi. Turli darajada sho’rlangan gidromorf tuproqlart Yaxob sho’r yuvish vazifasini bajaradi. Ba’zi joylarda (yengil va qatlami yupqaroq tuproqparda) Yaxob ekish oldidan o’tkaziladi (ekish oldidan suv berish). Yaxob tekis yerlarda marza olinib, nishabli yerlarda aylanma yoki dandana ariq solib beriladi. Yaxob texnikasi vegetatsion suv berish texnikasi bilan deyarli bir xil. Yaxob normasi turlicha bo’ladi: tagzamini qum yoki shag’al bo’lgan 0,5—1 metr qalinlikdagi tuproqlarda 1000-1800 metr kub/gektar, qalin avtomorf tuproqlarda 2500 M5/ga gacha boradi.