YAXSUV
YAXSUV — Tojikiston Respublikasi Xatlon viloyatidagi Daryo. Panj Qizilsuvining chap irmog’i. Boshlanishida Mujnakion deb ataladi. Hazratisho tizmasining g’arbiy yon bag’ridan 3580 metr balandlikda, kichkina muzlikdan boshlanadi. Uzunligi 160 kilometr, suv yig’ish havzasi maydoni 2710 kilometr kvadrat. Asosiy irmoqlari: Dondushkan, Obisurx. Obisho’r, Obikaptarxona, Ko’lobdaryo. Qor suvlaridan to’yinadi. Fevral oxiridan iyungacha — to’linsuv davri. O’rtacha ko’p yillik suv sarfi (karbostonak qishlog’i yonila, boshlanishidan 70 kilometr, quyilishidan 90 kilometrda) 34 metr kub/sekund. O’rtacha yillik suv sarfi 79,5 metr kub/sekunddan (ko’p suvli 1969 yilda) 17,1 metr kub/sekundgacha (kam suvli 1947 yilda) o’zgaradi. Suvi yuqori darajada loyqalangan. Daryo yiliga 2600 tonna oqiziq keltiradi. Karbostonak qishlog’idan quyiroqda qurilgan suv taqsimlovchi inshoot orqali Daryo suvi ekinzorlarni sug’orishga sarflanadi.