GALO
GALO (Fransuzcha halo, Yunoncha halos — Quyosh yoki oy gardishi) — atmosferada sodir bo’ladigan optik hodisa. Asosan muz kristallaridan tashkil topgan patsimon qatlamli baland bulutlarda yorug’likning sinishi va qaytishi natijasida ro’y beradi. Galo ko’pincha yorug’rangdor doira, doira yoyi, yorug’ustunchalar, dog’lar va boshqa shakllarda Quyosh yoki oy atrofida kuzatiladi.