GARMCHASHMA SVITASI

GARMCHASHMA SVITASI (Pomirdagi Garmchashma daryosi nomidan) — arxey erasining Vaxon seriyasiga mansub tog jinslari majmui. Geolog M. I. Rabkin Pomirdagi Shozdara tizmasida ajratgan (1941). Gneys, migmatit va qisman marmar toshdan iborat, qalinligi 1500-2000 metr. Pomir tog’ining Janubi- g’arbida tarqalgan.