GURZUF

GURZUF — Qrim yarim orolining Janubiy sohilidagi shaharcha, Yaltadan 10 kilometr shimoli-Sharqda. Aholisi 11,6 mingdan ziyod kishi (1990-yillar o’rtalari). Dengiz bo’yi iqlim kurorti. A. P. Chexov, A. S. Pushkin muzeylari, 6-asr qal’asi qoldiqlari bor. Gurzuf yaqinida Artek bolalar sog’lig’ini tiklash iqlimiy shifoxonasi joylashgan.