GUSYANTUN

GUSYANTUN — Xitoyning Xarbin shahri yaqinidagi manzilgoh. O’rta Paleolit davriga mansub. 1926 yilda ochilgan, 1931-34 yillarda o’rganilgan. So’nggi pleystosen davrida yashagan hayvonlar (mamont, yo’lbars, antilopa, bug’u, tuyaqush va boshqalar) ning 10 mingdan ortiq suyagi topilgan. Suyak (bigiz, iskana) va tosh (pichoq, qisqich va boshqalar) dan yasalgan mehnat qurollari bor.