GRAMM

GRAMM (Fransuzcha gramme) — SGS birliklar tizimida massaning asosiy va si tizimida ulush (0,001 kilogramm) birligi; g bilan belgilanadi. U suvning eng zich bo’ladigan temperaturasi (4° ga yaqin) da 0,2% gacha aniqlik bilan 1 santimetr kub kimyoviy sof suv massasiga teng.