GRABOVSKIY BORIS PAVLOVICH

GRABOVSKIY BORIS PAVLOVICH (1901 — 1966) — televideniye ixtirochilaridan biri. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan ixtirochi (1965). I. F. Belyanskiy bilan hamkorlikda elektrotexnikaga oid tajribalar o’tkazib, buning natijasida elektron nur yordamida harakatdagi tasvirni uzatadigan va qabul qiladigan “radiotelefot” apparatini yaratgan (1923-28).