FEYERBAX (FEUERBACH) LYUDVIG ANDREAS
FEYERBAX (FEUERBACH) LYUDVIG ANDREAS (1804.28.7, Landsxut, Bavariya — 1872.13.9, Rexenberg, Nyurnberg yaqinida) — nemis faylasufi. Dastlab Gegelnij izdoshi, keyin (1839) uning falsafasini tanqid qilgan. “O’lim va mangulik to’g’risidagi fikrlar” degan imzosiz kitobini chop etgan va unda ruhning o’lmasligi g’oyasini rad qilgan. Buning uchun Erlangen universitetidagi muallimlik ishidan chetlashtirilgan. Shunga karamay ilmiy faoliyatini davom ettirgan. Hayotining so’nggi yillarida ijtimoiy va iqtisodiy masalalarga katta qiziqish bilan qaragan, 1870 i. esa sotsial-demokratik partiyaga a’zo bo’lgan. Feyerbax falsafasining markazida biologik mavjudot, abstrakt individ sifatida talqin etiladigan inson turadi. Dinni insonning tabiat va jamiyat stixiyali kuchlari oldida ojizligi tufayli kelib chiqqan deb tushuntiradi. U axloq printsiplarini insonga azaldan xos bo’lgan baxtga intilishdan keltirib chiqaradi. Uning fikricha, har bir kishi o’z ehtiyojlarini oqilona cheklab, boshqa kishilarga mehr-muhabbat bilan qaragandagina baxtga erishishi mumkin. Asosiy asarlari: “Gegel falsafasining tanqidiga doyr” (1839), “xristianlikning mohiyati” (1841), “kelajak falsafasining asoslari” (1843), “dinning mohiyati” (1851) va boshqalar.