FENOLYATLAR

FENOLYATLAR — fenol molekulasining gidroksil guruhidagi vodorod atomi metall atomiga almashingan mahsulotlar. Umumiy formulasi (RO)n Me (bu yerda R — aril radikali, pmetallning oksidlanish darajasi). Ishqoriy va ishqoriyer metallarning hosilalari ion bog’lanishli birikmalar bo’lib, gidrolizga uchramasdan suvda eriydi, organik erituvchilarda erimaydi, uchmaydi. Fenolyatlar suv, fenol va ishqoriyer metallar gidroksidlari bilan adduktlar hosil qiladi. Ko’p valentli metallarning Fenolyatlari kimyoviy xossalariga ko’ra tegishli alkogolyatorlarga juda yaqin turadi. Ko’p atomli fenollarning Fenolyatlari yoki nitro, amino va boshqa aralash funktsiyali fenollarning Fenolyatlari ichki kompleks birikmalardir. Fenolyatlar fenollarga gidroksidlar (reaktsiya suvli eritmada olib boriladi) yoki metall galogenidlar, alkogolyatlar, karboksilatlar, sulfidlar ta’sir ettirish yo’li bilan olinadi (suvsiz muhitda). Aromatik oksikislotalar ishlab chiqarishda, polimerlanish katalizatorlari sifatida, organik sintezlarda qo’llanadi.