RASSOM

RASSOM (Arabcha) — tasviriy san’at sohasidagi ijodkor. Qog’oz, karton, mato va boshqa materiallarga, shuningdek, binolarning devor va shiftlariga turli usullarni qo’llagan holda badiiy asar yaratuvchi san’atkor. Rassom inson faoliyati, hayoti uchun zarur bo’lgan narsalarning shaklini, hajmini yaratishga, ularni did bilan bezatishga ham hissa qo’shadi.