FILOYOQ

FILOYOQ, elefantiaz — to’qimalarda limfa dimlanishi oqibatida teri va teri osti yog’qavati qalinlashib, ayrim a’zolar (masalan, lab, burun, quloq, oyoq, yorg’oq va boshqalar) shishib, yo’g’onlashib ketishi bilan kechadigan kasallik. Limfa oqishining buzilishi va yo’llarining to’silib qolishiga limfa tomirlaridagi yallig’lanishlar (saramas, surunkali tromboflebit, oyoq panjasi va boddirdagi yaralar) sabab bo’ladi. Tropik mamlakatlarda “Filoyoq”ning sababchisi limfa tomirlarida parazitlik qiladigan ipsimon filyariylar qisoblanib, ular iskabtopar chivini orqali tarqaladi. Moxov kasalligining teri qalinlashishi b-n kechadigan xili qadimda “yunon filoyog’i” deb yuritilgan; kasallik ham birinchi bor yunon vrachlari tomonidan aniqlangan. Filoyoqda dastlab tovon bir oz shishadi; kasallik avj olganda shish asta-sekin panja, to’piq, boldir va songa tarqaladi, oyoq terisi dag’allashib, kasal oyoq shakli beso’naqay bo’lib, fil oyog’iga o’xshab qoladi. Ba’zan oyoq terisida suyuqlik bilan to’la ggufakchalar paydo bo’lishi mumkin. Filoyoqni faqat vrach davolaydi. Kasallikning oldini olish uchun shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, teridagi har qanday yallig’lanish jarayonlarini o’z vaqtida davolash, yaralarning ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik zarur.