L

L — o’zbek kirill alifbosining o’n uchinchi harfi. Sonor, sirg’aluvchi, jarangli, til oldi undoshi. So’z boshi (lab, lavlagi), o’rtasi (bola, baliq, buloq) va oxiri (ko’l, qo’l)da kela oladi. Talaffuzda bu tovushning oldingi qator unlilar ta’sirida yumshoqroq, orqa qator unlilar ta’sirida esa qattiqroq variant uchraydi (qo’l — qol, hal — hol). Bu tovush sof O’zbekcha so’zlarning boshlanishida deyarli uchramaydi. Ba’zi so’zlar talaffuzida o’rtada kelgan bu tovush tushib qoladi (bo’lsa — bo’sa; olgan — ogan va boshqalar). O’rxun-Yenisey, So’g’d, turkiy (uyg’ur) yozuvlarida, Arab, lotin alifbosi asosidagi yozuvlarda o’ziga xos shakllarga ega bo’lgan.