LYUTEIN HUJAYRALAR

Ma’nosi

LYUTEIN HUJAYRALAR (lotincha Luteus — sariq) — sariq tananing tashqi qavatini hosil qiladigan epitelial bez hujayralari. Odatda, ovulyasiyadan keyin Graaf pufakchasi hujayralaridan paydo bo’ladi. Lyutein hujayralar protoplazmasida lipid tabiatli pigment — lyutein bor. Lyutein hujayralar sariqtana gormoni — progesterone ishlab chiqaradi.

O‘xshash so‘zlar

L harfi: barcha so‘zlar