VAQFNOMA

VAQFNOMA — mulk egalari o’z mol-mulklarini diniy extiyoj yoki xayriya ishlari uchun berganligi to’g’risidagi hujjat. Vaqfnomada mulkning vaqfga o’tkazilishi sababi, mulk egasining nomi, vaqf mulkidan foydalanish tartibi, vaqf qilingan mulkning boshqaruvchisi, guvohlar ko’rsatiladi. Vaqfnomaga guvohlar shahodati va qozi tasdig’i kerak bo’ladi.