VAKIL OTA

VAKIL OTA — musulmonlarning nikoh marosimlarida kelin tarafidan tayinlanadigan vakil. Vakil ota kuyovga va nikoh qiluvchi (o’quvchi) domlaga qizning otasi o’rnida kafillik bergan. Nikohda kuyov tomonning kelin maxriga beradigan mol-mulki, kuyov va kelinning o’zaro majburiyatlari Vakil ota huzurida e’lon qilingan. Mabodo er-xotin ajraladigan bo’lsalar, mahrni ajrim qilishda Vakil ota qozi huzurida yagona guvoh bo’la olgan. Vakil ota tayinlash hozir ham rasm bo’lib kelmoqda.