Internet to’g’risidagi qiziqarli faktlar

Bugungi kunda Internet nima ekanligini bilmaydigan insonni topish juda qiyin. Butun dunyo bo’ylab minglab, balki millionlab odamlar internetdan xatto televizorga nisbatan ham ko’proq foydalanadi. Hozirgi ishchan odamlarning deyarli har biri ijtimoiy tarmoqlarda ro’yhatdan o’tgan, xatto tinib tinchimas buvijonlar ham internetdan foydalanishni o’rganib olganlar. Ammo bu global kompyuter revolyutsiyasi qanday ro’y berdi?

Zamonaviy dunyo oxirgi 30 yil ichida internetsiz hayotni tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada o’zgarib ketdi. Bu nafaqat ahborot muhiti. Ko’pchilik uchun internet tirikchilik qilish manbaiga aylanib qoldi. Atigi qandaydir 20-30 yillardan keyin espert option platformasidan pul olish uchun foydalanishi 1980 yilda hech kimning hayoliga ham kelmagan. Bugun “Internet” deb ataluvchi HTML protokoli, aslida yadroviy mavzular tadqiqotlarining natijalaridir. Dastlab, hujjatlar almashish usuli o’ylab topilgan edi. U giperssilkalardan foydalanishda jamlagan. Mana loyihadan keyin dunyo uzra “o’rgimchak to’ri” tug’ilgan.

Bugungi kundagi internetning asosida yotuvchi texnologiya uzoq 1960 yillarda Massachusets texnologiya institutida tug’ila boshlangan. Jo’natilgan dastlabki xabar – “LOG” so’zi bo’lgan. Nima uchun? Foydalanuvchi “LOGIN” so’zini yozmoqchi bo’lgan, ammo “G” harfi tarmoq uchun o’ta og’irlik qilgan va tarmoq o’chib qolgan.

Dunyodagi birinchi internetsayt 1990 yilda yaratilgan. Aniqrog’i, brauzer nima va uni qanday o’rnatish kerakligi hammda shunga o’xshash boshqa foydali ma’lumotlarni o’zichiga oluvchi oddiy bir sahifa bo’lgan xolos. Uning manzili quyidagicha bo’lgan: http://info.cern.ch/hypertext/WWW/TheProject.html

Afsuski, Internet tarixidagi ilk sahifa saqlab qolinmagan. Dunyo tarmog’i paydo bo’lganidan oradan atigi 4 yil o’tib foydalanuvchilar soni 50 millionga yetgan. Bunday auditoriya to’plash uchun telefon foydalanuvchilari orasida 70 yildan ortiqroq, radioda deyarli 40 yil, televidenieda 13 yil vaqt kerak bo’lgan. Hozirgi kunda esa, masalan Angry Birds o’yini yaratilganidan 35 kundan keyin bu o’yinning dunyo bo’ylab ellik milliondan ortiqroq odam o’ynagan.

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda va messennjerlarda kundalik muloqotda foydalaniladigan smayllar 30 yillar avval paydo bo’lgan. Dastlabki smaylning tarixi juda oddiy. 1979 yilda elektron tarzda uzatilgan hissiyotni aks ettiruvchi belgi Kevin Makkenziga tegishli. U quyidagi ko’rinishda bo’lgan: “ -) “. U odam qiyofasiga kam o’xshagani uchun uchun, oradan uch yil o’tib Skott Falman yaratgani mana bu ko’rinishda bo’lgan-  “ : – ) ”Shu smayl me’yor bo’lib qolgan. Demak, Smaylning muallifi dasturchi Skott Falman hisoblanadi.

Yaponlar ham internetda kompyuter hissiyotlarini izhor etishgan. Ko’pchilikning hisoblashlaricha ularning smayliklari odatdagisidan ancha chiroyliroq ko’rinishga ega. ~~~?(???) – xayrli tong, (^ _ ^)/~~ – ko’rishguncha hayr.

Video materiallar soni bo’yicha eng jadal rivojlanayotgan servislardan biri – YouTube. Ushbu servisga har kuni tahminan 100 soatga teng video ahborot yuklanadi. Bir kunda joylashtirilgan barcha roliklarni ko’rib chiqish uchun bir kishi tahminan16 yil vaqt sarflashi kerak.

Veb-kamera birinchi marta Kembridj universitetida sinovdan o’tkazilgan. Qanchalar g’alati bo’lsa ham u oddiy qahva qaytnatgichga qaratilgan. Olimlar shu tarzda o’rnidan turmay qahva tayyor bo’lishini monitorda kuzatish uchun foydalangan. Oradan sakkiz yil o’tibshu qahva qaynatgich kim oshdi savdosida tahminan 200 ming Rossiya rubliga sotib olingan.

Internet tarmog’idagi birinchi reklama e’loni 1994 yilda paydo bo’ldi va u bugungi kundagilardan hech qolishadigan joyi yo’q. Reklama kampaniyasi “you will” deb nomlangan va reklama beruvchining bosh sahifasiga yo’naltirgan.

Har kuni jo’natiladigan 247 milliard elektron xatlarning ichidagi 81 foizi sof spam.

Internetga kirishni tarqatish bo’yicha dunyodagi birinchi o’rinda Bermud orollari turadi. Shunisiga e’tibor beringki, Yaponiyadek juda rivojlangan mamlakat bu borada  22 o’rinda turadi.

Google bosh sahifasi hozirgi taqchil ko’rinishga ega bo’lishining asosiy sababi shundaki, Google yaratuvchilari … HTML belgilar tilidan bexabar bo’lgan va oddiy interfeysni tez yaratish istagida bo’lishgan. Aslida ular xatto “Submit” tugmachasini ham uzoq vaqt shakllantira olmaganlar. Izlashga buyruqni klaviaturadagi Ente rtugmachasini bosib jo’natilgan. Bosh sahifa birgina izlash misrasidan iborat bo’lgan.

Juda g’alati eshitilsa ham shuni aytish kerakki, dunyo tarmog’i maxsus “kalit”ga ega bo’lgan yetti kishining himoyasi ostida. Bu maxsus shifr qismlarini saqlaydigan elektron kartalardir. Xakerlar tomonidan global tajovuz uyushtirlgan taqdirda ismlari sir saqlanib kelayotgan shu yetti kishi tarmoqni o’chirib qayta yoqish uchun darhol Amerika harbiy bazasiga yetkaziladi.