XO’JASH MAHRAM MADRASASI

XO’JASH MAHRAM MADRASASI – Xivadagi me’moriy yodgorlik (1839); Ichan qal’a hududidagi Pahlavon Mahmud maqbarasi yonida. Madrasa to’rtburchak tarxli (21 x 19,5 metr), bir qavatli. Bosh tarzi peshtoqli (balandligi 7,5 metr), gumbaz tomli, ikki yonida hovli atrofi bo’ylab hujralar joylashgan, ikki burchagida guldastalar bor. Hovli (11,8×11,8 metr) ning shimoliy Sharqiy burchagidagi darsxona (3,8×3,8 metr) tashqariga bir oz turtib chiqqan. Peshtoq ortidagi ikki qavatli, gumbazli miyonsaroy orqali hovliga o’tiladi. Bino tarzlari g’ishtdan, faqat bosh tarzi, peshtog’i va minora — guldastalar, “dandana”li hoshiyalar sirli koshinlar bilan bezatilgan.