FOYDALI QAZILMA ZAXIRALARI

FOYDALI QAZILMA ZAXIRALARI — foydali qazilma konlari tuzilishini o’rganish, geol. qidiruv ishlari, razvedka qilish, ularni qazib olish va foydalanish jarayonida olingan ma’lumotlarga ko’ra yer ostida, ustida, havzalar ostida aniqlangan foydali qazilma mikdori. Ushbu ma’lumotlar foydali jism hajmini hisoblab chiqishga imkon beradi, bu hajmni zichlikka ko’paytirganda Foydali qazilma zaxiralari og’irligini xisoblash mumkin. Suyuq va gazsimon (neft, er osti suvlari, yonuvchi gazlar) Foydali qazilma zaxiralari burg’i quduqlaridagi oqimni hisoblash usuli bilan aniqlanadi. Ba’zi konlar uchun undan tashqari, ulardan qimmatbaho komponentlarning zaxiralari, masalan, rudalardagi metall miqdori hisoblab chiqiladi. Zaxiralar metr kub (qurilish materiallari, yonuvchi gazlar va boshqalar), tonna (neft, kumir, rudalar), kilogramm (Nodir metallar) va karatda (olmoslar) o’lchanadi. Foydali qazilma zaxiralari ularni aniqlanganlik darajasiga qarab, A, V, S, va S2 toifalarga bo’linadi. O’zlashtirishning iqtisodiy jihatdan samaradorligiga qarab] zaxiralar balans va balansdan tashqari turlarga ajratiladi. Foydali qazilma zaxiralari konlarni sanoatbop toifaga ajratishda muhim omillardan hisoblanadi.