FOTOMETRIYA

FOTOMETRIYA (foto… va metriya) — fizik optikaning manbalardan chiqib, turli muhitlarda tarqaladigan va jismlar bilan o’zaro ta’sirlashadigan optik nurlanishning energetik ko’rsatkichlarini o’rganadigan bo’limi. Fotometriya fotometrik kattaliklarni o’lchashning eksperimental usullari va vositalarini xamda shu kattaliklarga tegi shli nazariy qoidalar va hisoblarni o’z ichiga oladi. Fotometriyaning asosiy energetik tushunchasi nurlanish oqimi Fotometriya bo’lib, uning fizik ma’nosi elektromagnit nurlanish tashiydigan o’rtacha quvvatdir. Tor ma’noda Fotometriya deb, yoruglik kattaliklari tizimiga tegishli (yoritilganlik, yoruglik kuchi, ravshanlik va hokazolar) kattaliklarni o’lchash va hisoblash tushuniladi. Fotometrik kattaliklarning nurlanish to’lqin uzunligiga bog’liqligini va energetik kattaliklarning spektral zichliklarini o’rganish spektrofotometriya hamda spektroradiometriya mazmunini tashkil etadi. Fotometriyaning asosiy qonunini I.Kepler 1604 yil ta’riflagan: E=1/R (bunda E — yoruglik kuchi / bo’lgan yorug’lik manbaidan / masofadagi yoritilganlik). Fotometriyani P. Buger eksperimental asoslab bergan. Moddalar va jismlarning fotometrik xususiyatlari o’tkazish koeffisienti t, qaytarish koeffisienti r va yutish koeffisienti a bilan tavsiflanadi. Bir jismning o’zi uchun t+r+a=1 munosabat o’rinli. Nurlanishning ingichka dastasi modda orqali o’tishida nurlanish oqimining susayishi Buger — Lambert — Ber qonuni orqali aniqlanadi. Fotometriya usullari astronomiyada spektrning turli diapazonlarida nurlanuvchi kosmik manbalarni tadqiq qilishda, yorug’lik texnikasida, signalizatsiya texnikasida, astronomiya, astrofizika va hokazolarda qo’llanadi.