FRAZEOLOGIZM

FRAZEOLOGIZM, frazeologik birlik, frazema — ikki yoki undan ortiq so’zdan tashkil topgan, ma’noviy jihatdan o’zaro bog’liq suz birikmasi yoki gapga teng keladigan, yaxlitligicha ko’chma ma’noda qo’llanadigan va bo’linmaydigan, barqaror (turg’un) bog’lanmalarning umumiy nomi. Frazeologizmlar, shaklan o’zlariga o’xshash sintaktik tuzilmalardan farqli ravishda, nutkda suzlarni erkin tanlash, almashtirish yo’li b-n yuzaga kelmaydi, balki ma’no va muayyan leksik-grammatik tarkibli, avvaldan tayyor material sifatida qullanadi, ya’ni Frazeologizm tarkibidan biror qismni chiqarib tashlash, tushirib qoldirish mumkin emas: anqoning urug’i, arpasini xom urmoq, chuchvarani xom sanamoq, terisiga sig’may ketmoq, kapalagi uchmoq, kungli joyiga tushmoq, qo’li ochiq, qulog’i og’ir va boshqalar. Frazeologizmlar tarixiy qo’llanish me’yorlariga, usullariga ega bo’lib, ularning ma’nolari muayyan nutqiy jarayonda oydinlashadi. Frazeologizmlarning quyidagi turlari faqlanadi: frazeologik chatishma — frazemaning ma’nosi uning tarkibidagi suzlarning ma’nosiga bog’liq bo’lmaydi, frazemadan anglashilgan ko’chma ma’no o’ning tarkibidagi suzlarning ma’nosi bilan izohlanmaydi: to’nini teskari kiymoq, oyog’ini qo’liga olib chopmoq, boshini olib chiqib ketmoq va boshqalar; frazeologik butunlik (birlashma) — frazemaning ma’nosi uning tarkibidagi so’zlarning ma’nolari asosida izoxlanadi, shu ma’nolar asosida umumlashtiruvchi ko’chma ma’no ifoda qilinadi (ko’pincha bunday birlashmalarning o’z ma’nosida qullanadigan variantlari ham mavjud buladi): yog’ tushsa yalagudek, eng shimarmoq, xamirdan qil sug’urgandek, to’ydan oldin nog’ora chalmoq va boshqalar; frazeologik qushilma — bunda frazemalar tarkibidagi bir suz ko’chma ma’noda qo’llanadi, boshqasi esa o’z lug’aviy ma’nosini saqlaydi: gapning tuzi, qo’li gul, ishtax,asi ochildi va boshqalar. Frazeologizmlar sintaktik tuzilishiga ko’ra 2 ga bo’linadi: birikmaga teng Frazeologizmlar (katta og’iz, ammamning buzog’i, tuyog’ini shiqillatmoq) va gapga teng Frazeologizmlar (yuzi yorug’ bo’ldi, boshi osmonga yetdi, sirkasi suv ko’tarmaydi). Frazeologizmning qismlari ajralmas holda bo’lganligi uchun, Frazeologizm gapda bitta sintaktik vazifada keladi. Masalan: “Qizga o’zbek qishlog’ining sodsa hayoti, oq ko’ngil odamlari yoqdi” va “Nasimjon boshi ko’kka etguday suyundi” gaplarida “oq ko’ngil” frazemasi — aniqlovchi, “boshi ko’kka etguday” frazemasi hol vazifasida kelgan. F.lar tayyor lug’aviy birlik — so’zga teng bo’lganligi tufayli so’zga xos shakl va ma’no munosabatlariga ham ega bo’ladi, ya’ni tilda frazeologik omonimiya (masalan, qo’l ko’tarmoq — 1) urmoq, urmoqchi bo’lmoq, 2) tarafdorligini bildirmoq), frazeologik sinonimiya (toqati toq bo’lmoq — sabr-kosasi to’lmoq) va frazeologik antonimiya (ko’ngli oq — ichi qora, ko’kka ko’tarmoq — yerga urmoq) mavjuddir. Asrlar davomida shakllangan Frazeologizmlar og’zaki nutqda, badiiy adabiyotda hamda publisistikada o’tkir, ta’sirchan tasviriy vosita sifatida keng qo’llanadi. Yozuvchilar o’z asarlarida Frazeologizmlardan unumli foydalanish bilan birga mavjud Frazeologizmlarni asar ruhiga moslagan holda qisman o’zgartiradilar, shu yo’l b-n yangi iboralar yaratadilar. Abdulla Qahhor, Oybek, G’afur G’ulom, Said Ahmad va boshqalar tomonidan ijod qilingan Frazeologizmlar bunga misol bo’la oladi. Turli xususiyatlarga ega bo’lgan Frazeologizmlar majmui tilning frazeologik qatlamini tashkil etadi. Tilning frazeologik qatlami doimiy ravishda yangi Frazeologizmlar bilan boyib boradi va xalqning madaniytarixiy tajribasini, shuningdek, muayyan tilning tarixiy taraqqiyot qonunlarini aks ettiradi. Frazeologizmlarni o’rganish va tasnif qilish bilan frazeologiya shug’ullanadi. Ad.: Rahmatullaev Sh., O’zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari, T., 1966; Vinogradov V. V., Osnovnie ponyatiya russkoy frazeologii kak lingvisticheskoy dissiplini, v ego kn.: Izbr. Trudi, t. 3, M., 1977; Tursunov U., Muxtorov J., Rachmatullaev Sh., Hozirgi o’zbek adabiy tili [3nashr], T., 1992; Reformatskiy A. A., Vvedenie v yazikovedenie, M, 1998.