FRANTSUZ TILI
FRANTSUZ TILI — hind-yevropa tillari oilasining roman guruhiga mansub til; Frantsiya, Frantsiya Gvianasi, Gaiti, Monako, Benin, BurkinaFaso, Gabon, Gvineya, Kongo demokratik Respublikasi, Kongo Respublikasi, Kot D’Ivuar, Mali, Markaziy Afrika Respublikasi, Niger, Senegal, Togo, Chad davlatlarining rasmiy tili; Belgiya Kirolligi, Shveytsariya Konfederasiyasi, Kanada, Lyuksemburg, Andorra, Kamerun, Madagaskar, Burundi, Ruanda, Komor Orollari Federativ Islom Respublikasi, Jibuti, Vanuatu, Seyshel Orollari davlatlaridagi rasmiy tillardan biri. Italiya va AQShning belgili xududlarida ham tarqalgan. So’zlashuvchilarning umumiy soni 100 million kishidan, Frantsiyaning o’zida 57 million kishidan ortiqroq (o’tgan asrning 90-yillari). BMTning rasmiy va ishchi tillaridan biri. Asosiy lahjalari: Frans (hozirgi Frantsuz tilining tarixiy negizi), shim. (Belgiyadagi normand, pikard, Vallon va boshqalar), g’arbiy (Anjuy, Gallo va boshqalar), Janubiy g’arbiy (puatevin), Markaziy, Janubiy Sharqiy (burgund, franshkont), Sharkiy (Lotaringiya, shampan), frankprovansal. Frantsuz tili istilochilar tili (lotin tili) va Galliya tub aholisi tillarining o’zaro ta’siri jarayonida shakllangan. Frantsuz tili tarixi quyidagi davrlarga bo’linadi: gallroman (5-8-asrlar), eski frantsuz (9— 13-asrlar), o’rta frantsuz (14-15-asrlar), ilk yangi frantsuz (16-asr), yangi frantsuzklassik (17-18-asrlar) va hozirgi frantsuz (19-asrdan). O’rta asrlarda umumfrantsuz yozma tili maydonga keladi, 16-asrda milliy til (1539 yildan davlatning rasmiy tili) shakllanadi. 17-asrda adabiy til me’yori barqarorlashadi. 20-asrda adabiy va og’zaki nutq o’rtasida sezilarli farq paydo bo’ladi. Dastlabki yozma yodgorliklari 8-9-asrlarga mansub. Fonetik xususiyatlari sifatida urg’usiz, ayniqsa, so’z oxiridagi unlilarning reduktsiyasi, urg’uning asosan so’nggi bo’g’inga tushishi, urg’u ta’sirida unlilarning o’zgarishi, unlilar o’rtasidagi va so’z oxiridagi undoshlarning tushib qolishi va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Frantsuz tili morfologiyasi uchun analitizm xarakterlidir (murakkab zamon, nisbat, qiyosiy darajalarning analitik shakllari). So’zlarning morfologik jihatdan o’zgarmaslikka moyilligi kuzatiladi. Bir qancha fammatik ma’nolar (jins, son, shaxs)ning ifodalanishi ko’pincha sintaksis sohasiga ko’chiriladi, yordamchi so’zlar keng qo’llanadi. Fe’l sohasida 4 mayl, 3 nisbat va keng tarmokdi zamon shakllari mavjud. Leksikasida gallardan sakdanib qolgan so’zlardan tashqari franklar tilidan sakdanib qolgan muayyan qatlam ham mavjud. Frantsuz tili rivojida adabiy lotin tili katta rol o’ynagan; undan ko’plab so’zlar, so’z yasalish qoliplari, sintaktik tuzilmalar o’zlashgan. Yozuvi bir qancha diakritik belgilar qo’shilgan lotin alifbosi asosida shakllangan. Frantsuz tili Belgiya, Shveytsariya va Kanadada milliy variantlarga, Afrika mamlakatlarida esa, asosan, fonetik va lug’aviy o’ziga xosliklarga ega. Ad.: Balli Sh., Obtshaya lingvistika i Voprosi frantsuzskogo yazika, Per. S Frans., M., 1955; Balli Sh., Frantsuzskaya stilistika, Per. s Frans., M., 1961; Referovskaya E. A., Formirovanie romanskix literaturnix Yazikov. Frantsuzskiy yazik, L., 1980; Gak V.G., Teoreticheskaya grammatika frantsuzskogo yazika, ch. I—II, M., 1986. Abduvahob Madvaliev, Ibodulla Mirzayev.