UYA
UYA — hayvonlar bolalash maqsadida va boshpana sifatida foydalanadigan pana joy. Umurtqasizlardan hasharotlar, ayniqsa, xilmaxil uya quradi. Umurtqalilar orasida ayrim baliqlar (tikan baliq), suvda va quruqlikda yashovchilar (Yava kurak oyoqli bakasi), sudralib yuruvchilar (ayrim toshbaqalar va timsoxlar), ko’pchilik qushlar, bir qancha sut emizuvchilar (kemiruvchilar, odamsimon maymunlar, o’rdakburun) Uya quradi. Sudralib yuruvchilar (ayrim toshbaqalar, timsoxlar) Uyasi qumda qazib, cho’p va barglar to’ldirilgan chuqurdan iborat. Kushlar Uyasi juda xilmaxil. Eng oddiy Uya xascho’p to’shalgan yer yuzasidagi chuqurcha shaklida bo’ladi. Vahmaqush, To’qimachi, zarg’aldoq kabi qushlar o’simlik tolalaridan ancha murakkab Uya qurishadi. Ko’pchilik kemiruvchilar (sug’urlar, yumronqoziqlar) va bir qancha qushlar Uyasi in ichida joylashgan kameradan iborat. Ayrim yirtqich sut emizuvchilar daraxt kovagida Uya quradi. Yirik qushlar, sut emizuvchilar (Olmaxon) u.dan bir necha (ba’zan 10 va ko’proq) yil davomida foydalanishadi. Bir qancha hayvonlar Koloniya bo’lib uya quradi (masalan, qushlar bozori). Koloniya bo’lib yashash yirtqichlardan hymoyalanishda, bolalarini tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.