ABANDON

ABANDON – to’liq miqdordagi sug’urta summasini olish uchun sug‘urtalanuvchi sug’urtalangan mol mulkdan sug‘urtalovchining foydasiga voz kechishi (sug’urtalangan kema nobud bo’lganda, u xabarsiz yo’qolganda, kema yoki yuk qaroqchilar tomonidan bosib olinganda). Abandon to’g’risidagi ariza voqea hodisa ro‘y bergandan keyin olti oy mobaynida berilishi kerak. Ayrim chet mamlakatlar qonunchiligida abandon sug’urtalanuvchining bir tomonlama akti hisoblanadi. Faqat Angliya qonunchiligida abandon uchun sug‘urtalovchining roziligi talab etiladi.