Biologik tizim
Biologik tizim – vazifa jihatidan o’zaro bog’liq va yagona biologik obyektni hosil qiluvchi elementlar majmui. Bir biologik obyekt (hujayra, to’qima, a’zo, a’zolar tizimi, organizm, populyatsiya va hokazo) o’zi alohida yagona biologik tizimni va ayni paytda tizim qismi (elementi)ni tashkil etishi mumkin.