EKOLOGIK RESURSLAR
EKOLOGIK RESURSLAR – biosferada ekologik muvozanatni ta’minlaydigan muhitni shakllantiruvchi komponentlarning majmuyi bo’lib, ular insonning ijtimoiy-biologik mavjudot sifatidagi hayotiy normal muhiti hisoblanadi. Ekologik resurslar hayotiy muhim funksiyani bajaradigan tabiiy tizimlarga kiradi. Bu resurslarning xarakterli xususiyati shundaki, ular, asosan, jamiyatni zaruriy ne’mat shaklidagi xizmat bilan ta’minlaydi. Ekologik resurslarga havo, suv, yer (tuproq) kiradi.