EKSTENSIV RIVOJLANISH YO’LI

EKSTENSIV RIVOJLANISH YO’LI – iqtisodiy o’sishning bir tipi. Ekstensiv rivojlanishda iqtisodiy o’sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorini ko’paytirish orqali erishiladi. Masalan, zavod qo’shimcha sex quradi, ya’ni ishlab chiqarishga qo’shimcha ishlab chiqarish vositalari va ish kuchini jalb etadi hamda mahsulot miqdorining o’sishiga erishiladi. Bunda ishlab chiqarish omillari miqdorining o’sishi hisobiga mahsulot hajmi o’smoqda. Bu yo’l bilan yuqori ishlab chiqarish samaradorligiga erishib bo’lmaydi.