INSTITUTSIONALIZM
INSTITUTSIONALIZM – lotincha “urf-odat”, “muassasa”, “ko’rsatma”, ya’ni ayrim institutlar (oila, davlat, monopoliya, kasaba uyushmasi) ijtimoiy taraqqiyotning asosi deb qabul qilgan nazariya. XX asrning 20-30-yillarida AQSHda keng tarqalgan. T. Veblen (1857-1920), J.R. Kommons (1862-1945), U.K. Mitchell (1874-1948), J. Gobson (1858-1940) va boshqalar bu nazariyaning 20-30-yillardagi vakillaridir. Klark, Berli, G. Minz (50-yillar), Lou, Myurdal, Gelbreyt, Xeylbroner (60-yillar va hozirgi davr)lar esa obyektiv iqtisodiy qonunlar mavjudligini inkor etadilar.