JONLANISH

Ma’nosi

JONLANISH – iqtisodiy davr (sikl)ning turg’unlikdan keyin keladigan bosqichi. Unda ishlab chiqarish tushkunlik arafasidagi darajasiga yetadi, iste’molchilarning sotib olish qobiliyati o’sadi, narxlar oshadi, ishsizlik kamayadi, jonlanish bosqichining boshlanishi ozmi-ko’pmi darajada barqaror ishlab chiqarishning kengayishiga o’tishini bildiradi. Iqtisodiy siklning ishlab chiqarishning barqaror kengayib borishiga o’tishini tavsiflovchi fazasi.

O‘xshash so‘zlar

J harfiga oid iqtisodiy ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar