MAKROIQTISODIYOT
MAKROIQTISODIYOT (grek. “macros” – katta va iqtisodiyot ma’nosini bildiradi) – u davlat iqtisodiyotiga bog’liq bolib, iqtisodiy voqelikva jarayonni o’rganadi. Asosiy maqsadi va muammolari quyidagi asosiy yo’nalishlarni qamrab oladi: yuqori darajada ijtimoiy mahsulot o’sishi, ish bilan bandlikni yuqori darajada ta’minlash, narxlarni muvofiq darajada bo’lish, eksport va importni muvofiqlashtirish. Makroiqtisodiyotning o’rganuvchi obyekti hamma xo’jaliklar bo’yicha umumlashgan ko’rsatkichlar, jumladan, milliy boylik, yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, umumlashgan davlat va xususiy investitsiyalar, umumiy pul miqdori va ularning aylanishi hisoblanadi. Shu bilan birga, makroiqtisodiyot mamlakat miqyosida o’rtacha daromad, o’rtacha ish haqi, inflyatsiya darajasi, ishsizlik, ish bilan ta’minlanganlik, mehnat unumdorligini ham o’rganadi. Makroiqtisodiyotning predmeti mamlakat iqtisodiyotini tavsiflovchi umumlashgan iqtisodiy o’sish, uning ko’payishi yoki kamayishi, iqtisodiy jarayonlar va ularning tarkibiy nisbatlari hisoblanadi.