OUKEN QONUNI
OUKEN QONUNI – iqtisodiy faollik va ishsizlik o’rtasida miqdoriy bog’liqlikni aks ettiradi. Agarda aslidagi ishsizlik darajasi uning tabiiy darajasidan 1 % oshsa, unda YaMM orqada qolishi 2,5% ni tashkil etadi. Masalan, ishsizlikning tabiiy darajasi 6% sharoitida ishsizlik darajasi 9,5%. Unda 9,5 – 6,0 = 3,5%; 3,5*2,5 = 8,75%. Ishsizlikning ko’payishi natijasida YaMMning orqada qolishi 8,75% ni tashkil etadi yoki ishsizlik tabiiy darajadan past bo’lmaganda, YaMM aslidagiga nisbatan 8,75% ko’p bo’lar edi. Shu qonunga muvofiq YaMM hajmining har yili 2,7% ga ortishi ishsizlikni doimiy darajada ushlab turishga imkon beradi. YaMMning 2% ortishi ishsizlar sonini 1% ga kamaytiradi.