PULNING VAZIFALARI
PULNING VAZIFALARI – pul vositachiligida bajarilishi mumkin bo’Igan tadbirlar bo’lib, ular 5 tani tashkil etadi: a) tovarlarning qiymat o‘lchovi vazifasi, yani barcha tovarlarda gavdalangan mehnat miqdori pul orqali o’lchanadi; b) muomala vositasi vazifasi, yani tovarlar oldi-sotdi qilinishi muomalasi pul vositasida amalga oshiriladi; d) jamg’arish, xazina to’plash vositasi vazifasi, yani o’zida mehnatni gavdalantirgani uchun boylikning umumiy shakliga aylanadi va kishilar ehtiyojlaridan ortiqcha pullarni jamg’ara boshlaydilar. Lekin pulning boylik sifatida jamg’arilishi uchun uning qadri, xarid quwatining saqlanishi muhim ahamiyatga ega; e) to’lov vositasi vazifasi, nasiyaga sotilgan tovarlar va xizmatlar haqi to’langan pul to’lov vositasi vazifasini bajaradi; f) jahon puli vazifasini, tovarlar muomalasi bir mamlakat doirasidan chiqa boshlashi va xalqaro savdoning yuzaga kelishi bilan bog’liq. Jahon puli vazifasini oltin, u bilan bir qatorda konvertlangan valyutalar ham bajaradi.